Uzoq kutilgan vodiy derbisi uchun chiptalar sotuvga chiqarildi!
Xabaringiz bor, 25 iyun kuni O‘zbekiston Superligasi 13 doirasida "Neftchi" Namanganning "Navbaxor" klubini qabul qiladi.
Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvga chiqarilgan. Chiptalarni stadion kassalarida, shuningdek Farg‘ona shahar dehqon bozor avtoturargohi hamda kunning ikkinchi qismidan boshlab "Ixlos" market yonidagi chorrahada joylashgan maxsus kassalarda! 20000, 25000 va 40000 so‘mdan belgilangan narxlarda xarid qilish imkoniyatiga egasiz.
Bundan tashqari Namangandan keladigan futbol muxlislari uchun suratda belgilangan sektor uchun chiptalar 23 iyun kunidan sotuvga chiqarailadi.



Fikrlar