
Ushbu jang boks olamini larzaga solib yubordi !!!
22 oktyabr kuni o‘tkazilgan jang butun boks olamini larzaga solib yubordi.
Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan MMA jangchisi Idris Abdurashidov yakshanba kuni Tailandda professional boksdagi debyutini eronlik Bagher Farajiga qarshi o‘tkazdi. MMA da 4:0 rekordiga ega bo‘lgan rossiyalik Abdurashidov 3 raunddan so‘ng ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘layotgan edi. Ammo 4-raundga kelib, barchasi o‘zgarib ketdi. 21 yoshli debyutant raqibi Farajining bosh qismiga oyoq zarbasini yo‘lladi va o‘sha onda eronlik bokschi hushidan ketdi. Arena esa muxlislarning e’tirozi bilan to‘lib toshdi.
Shundan so‘ng, Abdurashidov darhol diskvalifikatsiya qilindi.
Fikrlar