
Urugvay terma jamoasi FIFA tomonidan jazolandi
FIFA Urugvay terma jamoasini "JCh-2022" o‘yinidagi voqealar uchun jazoladi.
Urugvay terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Ganani mag‘lub etdi (2:0), ammo pley-offga yo‘llanma ola bilmadi.
FIFA Urugvay futbol federatsiyasini 50 ming Shveytsariya franki (taxminan 50 ming evro) miqdorida jarimaga tortdi.
Sanktsiyalar individual futbolchilarga ham qo‘llanilgan. Ximenes 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va 20 ming frank miqdorida jarimaga tortildi va FIFAning jamoat ishlarida qatnashishi shart etib belgilandi. "Galatasaray" darvozaboni Fernando Muslera ham xuddi shunday jazo oldi.
"Valensiya" hujumchisi Edinson Kavani bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi, 15 ming frank miqdorida jarimaga tortildi va FIFAning jamoat ishlarida qatnashadigan bo‘ldi. "Veles Sarsfild" himoyachisi Diego Godin ham xuddi shunday jazo oldi.
Fikrlar