Gvardiola: Xolandni Messiga tenglashtirmang!

  • 3 may, 2023, 19:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa to‘purari Erling Xolandni PSJ yulduzi Lionel Messi bilan taqqoslash to‘g‘ri emasligini ta’kidladi.

Tecno

- Messiga hech kim teng kelolmaydi. Leo bilan taqqoslash Erlingga yordam bermaydi. Faqat gollari va mentalitetining ayrim jihatlari o‘xshash xolos.

Messi bunaqa ko‘rsatkichlarni 10-15 yildan buyon muntazam qayd etib kelmoqda. Xoland faqat gollar soni bo‘yicha uning darajasiga chiqdi.

Xoland deyarli har uchrashuvda gol uryapti. Bu birinchi navbatda, u har o‘yinda bir yoki ikkita to‘p kiritishi uchun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘layotgani bilan bog‘liq.

Lekin Messi maydonni ko‘rish, dribling, pas berish, gol urish, jangovar ruhiyat va shunga o‘xshash ko‘plab murakkab omillar bo‘yicha dunyodagi eng mukammal o‘yinchi.

Erling ham kelajakda Messiga yaqinlashib olishiga umid qilaman, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!