Unga Tuxel qo‘l ostida o‘ynash yoqmayapti

  • 12 aprel, 2021, 22:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" hujumchisi Hakim Ziesh mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaning yozishicha, 28 yoshli marokashlik futbolchini “aristokratlar” safidagi o‘yin amaliyoti qanoatlantirmayapti. Ayniqsa, Tomas Tuxel jamoaga kelgach, unga nisbatan kamroq e’tibor qaratilmoqda. Lempard davrida u jamoaning aksariyat o‘yinlarida maydonga tushar edi.

Ziesh Tuxel qo‘l ostida 6 ta o‘yinda to‘liq zaxirada o‘tirdi va 7 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. U joriy mavsum jami 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

“Chelsi” Zieshni 2020 yilning yozida “Ayaks”dan sotib olgan edi. Hakim Marokash terma jamoasida 35 ta o‘yinda ishtirok etgan va 17 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Навбахоржон
12/04/2021 22:29
Урааааа
Ziyoviddin Usmanov
12/04/2021 22:52
Qani boshqa navbahorchilar
Ziyoviddin Usmanov
12/04/2021 22:49
Qani boshqa naavbaorchilar