Unda super klubga o‘tish uchun super imkoniyat bor

  • 26 aprel, 2020, 13:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Tibo Kurtuaga o‘rindosh qidirmoqda.

Tecno

Football Italia nashrining ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” bu borada “Fiorentina” posboni Alban Lafonni ko‘z ostiga olib qo‘ydi. Aynan u “Real”dan ketishi kutilayotgan darvozabon Alfonso Areolyaning o‘rnini egallashi mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Lafon joriy mavsumni "Nant" klubida ijarada o‘tkazmoqda. Frantsuz klubi esa uning transferini 9 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega.

Alban Lafon bu mavsum 29 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 33 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!