
Unai Emeri sobiq klubiga qaytishi mumkin
PSJ va "Arsenal" klublari sobiq bosh murabbiyi "Sevilya" boshqaruviga qaytish mumkin.
AS nashri xabariga ko‘ra, ispan klubi rahbariyati Xulen Lopetegining ko‘rsatayotgan natijasidan norozo bo‘lmoqda. Agar klub evrokuboklar yo‘llanmasiz qoladigan bo‘lsa, unda ispaniyalik murabbiy ise’foga chiqarilishi va uning o‘rniga katta extimol bilan Emeri olib kelinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2013/16 yillar mobaynida Emeri "Sevilya" bosh murabbiyi sifatida uch marotaba ketma-ket Evropa Ligasida zafar quchgan edi.
Fikrlar