Unai Emeri: "Enrike buni "Barselona"da ham, o‘zi ishlagan boshqa klublarda ham isbotlagan"

  • 9 aprel, 10:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda Evropa Chempionlar ligasi chorak finali doirasida "Aston Villa" klubi safarda Frantsiyaning PSJ jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur o‘yin oldidan Unai Emeri raqib murabbiyi Luis Enrike haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Enrike hozir dunyoning eng yaxshi futbol mutaxassislaridan biri. U buni "Barselona"da ham, o‘zi ishlagan boshqa klublarda ham isbotlagan. Unga qarshi o‘yinlarda taktik jihatdan himoyalanish va o‘z uslubingni qo‘llash juda qiyin. Lui o‘z ishida juda talabchan. Ushbu qarama-qarshilikdan zavqlanaman. Umid qilamanki, ajoyib uchrashuv bo‘ladi", - deya Emerining so‘zlarini keltiradi "RMC Sport" nashri.

Eslatib o‘tamiz, bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!