CHERY AUTO

Angliya Evroni Serbiya ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) bilan boshladi. Shuningdek, mazkur bellashuvda zarbalar soni bo‘yicha antirekord qayd etildi - 11 ta. Bu 1980 yildan buyon (zarbalar soni hisoblanayotgan davr) o‘tkazilgan 322 bellashuvda eng yomon natija hisoblanadi. 

Umrimizning ikki soatini olgan ikki soat mana shunday o‘tdi: 

Sautgeyt barcha hujumkor yulduzlarni tarkibga joylashtirish yo‘lini o‘ylab topdi.

"Evro-2024"dan oldin Sautgeytning asosiy muammosi yulduzlar bilan to‘la tarkibni muvozanatni yo‘qotmasdan joylashtirish edi. Garet Trentni yarim himoya pozitsiyasiga qo‘ydi va uchrashuv oldidan uning mazkur nuqtada potentsiali borligini ta’kidladi. 

To‘psiz inglizlar maydonda quyidagicha joylashdi. Asosiy tarkib - 4-1-4-1. Trent va Bellingem sakkizlik rolida. Bir oz orqaroqda Deklan Rays harakat qildi. 



Angliya to‘pga qanday egalik qilishi biroz qiziq edi. Uoker, Stouns, Gexi himoya uchligini tashkil etdi. Rays biroz oldinroqda. Trent, Bellingem va Foden triosi o‘z joylarini tez-tez almashtirdi. Qanotlarda Saka hamda Tripper qo‘llab-quvvatlandi. 

Sxema taraflama ularni Germaniya bilan solishtirish mumkin, ammo Angliya ancha tartibsiz qurilgan. Foden va Bellingem to‘pni olish uchun biroz orqaroqqa tushib harakat qildi va hatto ba’zan qanotlarda ham ko‘rinish berdi. Biroq nemislarning ustunligi bu - tartib va qisman belgilangan zonalarda harakat qilish. 

Sxemadagi "xaos" qisman ilk golda yordam berdi. Jud yarim himoyachi sifatida bellashuvni boshladi va yashirin o‘nlik sifatida yakunladi. Trent esa aksincha, o‘nlik sifatida bahsni boshlab, himoyaviy o‘yinchiga aylanib qoldi. Mazkur "xaos" jamoaga ko‘proq cheklovlar olib keldi. Bundan eng ko‘p Keyn, Foden va Tripper zarar ko‘rdi. Ular raqib tomonidan to‘liq izolyatsiya qilindi. Saka, Trent va Uokerdan iborat o‘ng qanotda biroz yaxshiroq edi. Bellingem esa jamoaviy tizimning bir qismi emas, balki individualist sifatida yaxshiroq. 

Angliya goldan 15 daqiqa oldin to‘p nazorati bo‘yicha dahshatli statistika qayd etdi - 87% - 13%. Keyin esa ustunlik Serbiya tomoniga o‘tdi - 54% - 46%. 

Buning asosiy sababi serblar chuqur himoyalanishni to‘xtatib, pressing qilishni boshladi. 



Jamoa to‘pni nazorat qilmaganining asosiy sabablaridan biri bu - Jordan Pikford. Angliyaning deyarli butun himoya chizig‘i (Mark Gexidan tashqari) top klublarda o‘ynaydi va hatto kuchli bosim ostida ham qisqa masofada o‘ynashga odatlangan futbolchilar. Pikford esa "Everton"da o‘ynaydi va pressingda uning qiladigan yagona ishi - to‘pni tepib yuborish.

Ko‘pincha sheriklari Pikfordga qisqa masofada variantlar taqdim etdi, ammo u to‘pni tepib yuborishni afzal ko‘rdi. U buni shu qadar tez-tez amalga oshirganidan birinchi turda (yakuniga etmagan) darvozabonlar orasida uzoqqa paslar bo‘yicha peshqadamga aylandi. Jordanda 29 ta, eng yaqin ta’qibchisida esa atigi 20 ta. Bu Keynning ishini yanada qiyinlashtirdi. Uzun paslarni bo‘ysundirib, himoyachi bilan duelga kirish kombinatsion futbolga o‘rgangan futbolchi uchun qiyinchilik tug‘dirdi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda biz Xarrini maydonda deyarli ko‘rmadik. Raqiblar unga juda yaqin o‘ynadi va Keyn ilk taymda to‘pga atigi ikki marta tegdi. Ko‘p funktsiyali Keynni bu ulsbuda Erling Xolandga aylanib qoldi. Biroq Keyn ikkinchi bo‘limda muvaffaqiyat qozondi va 22 marta to‘pga teginishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, 6 marta qoida buzdi. 



Qoidabuzarliklar tufayli Keyn vaqtni o‘ldirdi va Serbiya hujumlarini "kesdi". Yakunda u gol urishi ham mumkin edi. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Keyndek futbolchidan hujum chizig‘ida hech qanaqasiga foydalanilmadi (na pastki va na ikkinchi qavat). 

Bellashuv oldidan Angliyani tashvishga soladigan yagona jihat bu - yangi himoya tandemi edi. Klassik Stounz-Maguayr juftligi Xarrining jarohati tufayli Evroda amalga oshmadi. Sautgeyt Jonga Mark Gexini sherik qildi va ular birgalikda o‘ynash tajribasiga ega emasdi. Vazifa Serbiya tarkibi bilan murakkablashishi mumkin edi. Aksariyat termalardan farqli o‘laroq, ular bir juft hujumchi - Mitrovich-Vlaxovich tandemini hujumda o‘ynatadi. To‘psiz Dushan ba’zan qanotlarda ko‘rinish beradi. Bu ikki forvard bo‘y borasida Stounz va Gexidan ustunroq, ammo bu faktor umuman serblar foydasiga ishlamadi. Inglizlar mudofaasi ikkinchi qavatni "qulflab qo‘ydi". Shuningdek, Rays ham biroz pastroqqa tushib o‘ynagani termaga katta yordam berdi. 

E’tiborlisi shundaki, ular uchta zarba berdi va zarbalarning hammasi jarima maydoni tashqarisidan berildi. Shuningdek, ular raqib jarima maydoni ichida atigi 4 marta to‘pga teginishdi, shundan ikkitasi ofsayd. 

Angliya terma jamoasi "Evro-2024"ning favoritlaridan biri hisoblanadi. Jamoa o‘zida bor potentsialni o‘ziga xos "kashfiyotlar" orqali yo‘qqa chiqardi va o‘yin taraflama hech narsa taklif qila olmagan Serbiya bellashuv so‘nggigacha hisobni tenglashtirish uchun intrigani saqlab qoldi. 

 

Tecno

 

Karim Xudayqulov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!