Ulug‘bek Baqoev jamoasining natijasidan qoniqdimi yoki...

  • 19 mart, 2021, 23:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“So‘g‘diyona” klubi Navoiyda “Qizilqum” bilan durang o‘ynagach, uchrashuvdan so‘ng, jizzaxliklar ustozi Ulug‘bek Baqoev quyidagilarni aytdi:

Tecno

- To‘g‘risini aytsam, o‘yin teng kurashlar ostida kechdi, birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham. Ikkala jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Biz birinchi bo‘lib gol urdik. 1:0 hisobida oldinga chiqib olganimizda hisob tenglashdi. Shundan keyin ham bizda ham, ularda ham imkoniyatlar yuzaga keldi. Hisob adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman. Futbolchilarga minnatdorlik bildiraman. Yigitlarning o‘yinidan qoniqdim. “Qizilqum”ga esa omad tilayman.

Har bir o‘yinga tayyorgarlik olib boramiz. Bugun taktik sxemani o‘zgartirdik. O‘yinchimiz jarohat oldi, shu sababli uslubimizni o‘zgartirgandik. “Qizilqum”da bu yil yaxshi jamoa shakllanibdi. Ular yuqori o‘rinlarga ko‘tarila oladi, – dedi,Baqoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!