
Ulug‘bek Baqoev "Buxoro"dan ketadimi? Murabbiyning o‘zidan javob
Bugun Superligada 25-tur start oldi. Kun doirasidan "Buxoro" - OKMK bahsi o‘rin olgandi. Bellashuvda olmaliqliklar 0:1 hisobida alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Umuman olganda bugun vaziyatlarga boy uchrashuv guvohiga aylandik. Yaxshi vaziyatlar yaratdik. Ammo bundan unumli foydalana olmadik. Bu esa uchrashuv natijasiga ta’sir ko‘rsatdi. O‘yin taqdirini yagona gol hal qildi.
Butun mavsum davomida bizni qo‘llab kelgan muxlislarimizga rahmat!
“Buxoro” jamoasi bilan hozirda shartnomam mavjud. Keyingi mavsum raqobatbardosh va kuchli jamoa tuzib Superligaga qaytishga harakat qilamiz.
Keyingi mavsumda kimlar jamoada qolishini rahbariyat bilan uchrashib hal qilamiz, - dedi murabbiy.
Fikrlar