Ule-Gunnar Sulsher Pogbaning kelajagi haqidagi savollarga qanday javob berdi?

  • 9 dekabr, 2020, 11:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Pol Pogbaning kelajagi borasidagi savolga javob berdi.

Tecno

Oldinroq, frantsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola Pogba MYuda baxtsizligi va unga yangi jamoa qidirayotgani haqida aytib o‘tgan edi.

"Pogbaning agenti futbol jamoaviy sport turi ekanligini qancha tezroq tushunsa, shuncha yaxshi bo‘ladi. Rayola mavzusida oxirgi gapim, men unga o‘xshaganlarga vaqt ajratib, kuchimni sarflamayman.

Pogba MYuda baxtlimi? Buni o‘zidan so‘raganingiz ma’qul, men u uchun javob bermayman. Pol mashg‘ulotlarda tirishqoqlik bilan shug‘ullanmoqda, u shunchaki maydondagi harakatlariga e’tibor qaratishi kerak. Hozir transfer haqida gapiradigan vaqt emas", - deydi Sulsher.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!