Ular yana birga ishlashlari mumkin

  • 24 iyun, 2019, 16:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan avvalroq “Roma” bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylangan yarim himoyachi Daniele de Rossi faoliyatini A Seriyaning boshqa bir klubida davom ettirmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Tecno

Sky Sport Italia nashrining yozishicha 35 yoshli futbolchining yangi jamoasi "Sampdoriya" bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, genuyaliklar boshqaruviga tayinlangan Eusebio di Franchesko bir necha yil “Roma”da de Rossi bilan birga faoliyat olib borgan va shu bois u futbolchining tajribasiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, de Rossi “Roma” tarkibida 2002-2019 yillarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!