
Ukasi ham kuydirmasa bo‘ldi! Etan PSJ bilan proffesional shartnoma imzolash arafasida
Kilian Mbappening ukasi o‘zining birinchi professional shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
16 yoshli Etan shu oy PSJ safida debyut qildi. U 92-daqiqada "Mets"ga qarshi o‘yinda debyut qilgandi.
Hozir Etan PSJ bilan ilk professinaol shartnomasini imzolash uchun muzokaralar olib boryapti. Futbolchining yoshlar jamoasi bilan tuzgan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Qayd etish lozim, Kilianning ukasi Parij klubida qolishni istaydi.
Fikrlar