
Uimbldon. Nadal yarim final bahsini o‘tkazmay turib turnirdagi yurishi yakunladi
Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining erkaklar bahslarida ilk finalchi nomi aniq bo‘ldi.
Musobaqaning 2-tartib raqam ostida saralangan tennischisi Rafael Nadal o‘z yurishini yakunlashga majbur bo‘ldi. Bu haqda Britaniya ochiq chempionati rasmiy sahifasi ma’lum qildi.
Gap shundaki, ispaniyalik raketka ustasi jarohatini yangilab olgan. Chorak final doirasidagi Frittsga qarshi bellashuvning ikkinchi setida Nadalning murabbiyi o‘yinni to‘xtatishni so‘ragan, ammo Rafa buni rad etgandi.
Shu tariqa, uning yarim finaldagi raqibi Nik Kiros to‘g‘ridan to‘g‘ri hal qiluvchi bahsga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi u finalda Jokovich - Norris to‘qnashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar