
UFC promousheni Qozog‘istonda turnir o‘tkazishi mumkin
UFC vitse-prezidenti Devid Shou promoushen kelajakda o‘z turnirlarini o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarni sanab o‘tdi.
“Ro‘yxatimizda bizni qiziqtirgan bir qancha Osiyo davlatlari bor. Saudiya Arabistonidagi kabi tajribani takrorlashimiz mumkin. Bahrayn, Iordaniya, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlarda uchrashuvlar o‘tkazish uchun yaxshi bazamiz bor. Biz baholayotgan imkoniyatlar bor, lekin hozircha aniq bir narsa aytish mumkin emas”,- dedi Shou UFC on "ABC 7" tadbiridan keyingi matbuot anjumanida.
Fikrlar