
"UFC 306" turnirida super janglar bo‘lib o‘tdi!
AQShning Las-Vegas shtatida bo‘lib o‘tgan "UFC 306" turniri yakunlandi. Sports.uz sayti sizga ushbu musobaqada qayd etilgan barcha natijalarni taqdim etadi:
Prelim kard:
O‘ta engil vazn: Raul Rosas Kilen Aori ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qildi (29-28, 29-28, 29-28);
Super engil vazn: Joshua Van ochkolar bo‘yicha Edgar Chayresni mag‘lub etdi (29-28, 29-28, 29-28);
Ayollar minimal vazni: Ketlen Souza 1 raundda Yasmin Jauregini engdi;
Engil vazn: Ignasio Bahamondes Manuel Torresni texnik nokautga uchratdi, 1 raund;
Ayollar o‘ta engil vazni: Norma Dyumon Iren Aldanani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi (30-27, 30-27, 30-27).
Asosiy kard:
O‘ta engil vazn: Ronaldo Rodriges Ode Osborndan ochkolar bo‘yicha ustun keldi (29-28, 29-27, 29-27);
Super engil vazn: Esteban Ribovich Daniel Zelxuber ustidan ochkolarga ko‘ra g‘alaba qozondi (29-28, 28-29, 29-28);
Yarim engil vazn: Diego Lopes hakamlarning yakdil qarori bilan Brayan Ortegani engdi (30-26, 30-27, 30-27);
Ayollar super engil vazni: Valentina Shevchenko ochkolar bo‘yicha Aleksa Grasso ustidan zafar quchdi (50-45, 50-45, 50-45);
O‘ta engil vazn: Merab Dvalishvili Shon O'Mellini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi(49-46, 48-47, 48-47).
Fikrlar