
"UFC 295" turnirining ikkinchi markaziy jangi ham "dahshat"bo‘ladi.Proxazka qaytmoqda!
23 noyabr kuni "UFC 295" turniri tashkil etiladi.
Mazkur jang kechasining asosiy to‘qnashuvi og‘ir vazn (120,2 kg) toifasi chempioni Jon Jons (27-1) va Stipe Miochich (20-4) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.Bugunga kelib, 2-markaziy jang ishtirokchilari ham ma’lum bo‘lib ulgurdi. Unga ko‘ra, yarim og‘ir vazn ( 93 kg) toifasida vakant qolgan chempionlik kamari uchun Irji Proxazka (29-3-1) va Aleks Perreyra (8-2) bahs yuritadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Irji Proxazka so‘ngi jangida Glover Teysherani(33-9) mag‘lub etgan bo‘lsa, Perreyra Yan Blaxovichdan (29-10-1) ustun kelgandi.
Fikrlar