"UFC 271" turnirida qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing!

  • 13 fevral, 2022, 11:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Hozirgina “UFC 271” turniri o‘z yakuniga etdi. Ushbu jang kechasining markaziy jangida o‘rta vazn (84 kg) toifasidagi amaldagi chempion nigeriyalik Israel Adesanya avstraliyalik sobiq chempion Robert Uittakerga qarshi bahs yuritdi va yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra, Adesanya g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini saqlab qoldi.

Tecno

Ikkinchi markaziy jangda esa, og‘ir vazn toifasi etakchilaridan biri Derrik Lyuis yana bir avstraliyalik Tay Tuyvasaga qarshi to‘qnash keldi va 2-raundda nokautga uchradi.

Shuningdek, bir qator qiziqarli janglar bo‘lib o‘tdi. Quyida, jang kechasining barcha natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Israel Adesanya - Robert UittakerAdesanya ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.

Derrik Lyuis - Tay Tuivasa – Tuyvasa 2-raundda nokaut bilan zafar quchdi.  

Jared Kannonir - Derek Branson – Kannonir 2-raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Aleksandr Ernandes - Renato Moykano - Moykano 2-raundda bo‘g‘ish uslubi evaziga g‘olib chiqdi.

Bobbi Grin - Nasrat Xakparast – Grin ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.

Prelim kard:

Andrey Orlovskiy - Jared Vanderaa - Orlovskiy hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqdi.

Roksann Modafferi - Keysi O'Nil. O'Nil - O'Nil ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.

Kayler Fillips - Marselo Roxo - Fillips 3-raundda og‘riqli uslub evaziga g‘alaba qozondi.

Karlos Ulberg - Fabio Cherant - Ulberg ochkolar hisobida zafar quchdi.

 Erta prelim kard:

Mana Martines - Ronni Lourens -Lourens ochkolar hisobiga ko‘ra, g‘alaba qozondi.

Ey Jey Dobson - Jeykob Malkun - Malkun ochkolarga ko‘ra, g‘olib chiqdi.

Duglas Silva de Andrade - Sergey Morozov - Andrade 1-raundda bo‘g‘ish uslubi evaziga zafar quchdi.

Jeremaya Uells - Mayk Mateta - Uells 1-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.

Uilyam Nayt - Maksim Grishin. Grishin ochkolarga ko‘ra, g‘olib chiqdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!