"UFC 261" ishtirokchilari "Face to Face" marosimida ishtirok etdi (Video)

  • 23 aprel, 2021, 12:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

25 aprel kuni AQShning Jeksonvill shahrida “UFC 261” turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasining asosiy to‘qnashuvi yarim o‘rta vazn toifasida o‘tkaziladi. Ya’ni, chempion Kamaru Usman BMF kamari sohibi Xorxe Masvidalga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu bahs ular uchun ikkinchisi bo‘ladi. Dastlabkisida Usman ochkolar hisobiga ko‘ra, g‘alaba qozongan edi. Qolaversa, ayollar o‘rtasida super engil vazn toifasi chempioni Valentina Shevchenko Jessika Andradeni sinovdan o‘tkazadi. “Somoncha” divizioni chempioni xitoylik Veyli Jang esa, ajoyib texnika egasi Rouz Namayunasga qarshi jang qiladi.
Shuningdek, Yuraya Xall-Kris Vaydman, Entoni Smit-Jim Krut o‘rtasidagi qiziqarli to‘qnashuvlar ham o‘rin olgan.
Mazkur janglar avvalida har doim bo‘lgani kabi matbuot anjumani, “Face to Face” marosimi o‘tkazildi.
Quyida ushbu tadbirdan videolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!