
"UFC 249". Koronavirus aniqlangan Souza turnirda oktagonga ko‘tariluvchi jangchilar bilan ko‘rishgan (Video)
O‘rta vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazuvchi Ronaldo Souza "UFC 249" turnirida navbatdagi jangini o‘tkazishi kerak edi, ammo unda koronavirus infektsiyasi borligi aniqlandi.
Xavotirli tomoni, jang oldidan bo‘lib o‘tgan vazn o‘lchash marosimida Souza Fabrisio Verdum va qolgan jangchilar bilan ko‘rishgan.
"UFC 249" musobaqasi doirasida Verdum Aleksey Oleynikka qarshi jang qiladi.
Avvalroq, UFC Souza va uning jamoasi o‘zaro masofa saqlashganligini ma’lum qilgandi.
Fikrlar