Uels terma jamoasi "Manchester Yunayted" qarorgohida shug‘ullanadi

  • 9 mart, 2019, 09:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uels terma jamoasi Trinidad va Tobagoga qarshi bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yiniga "Manchester Yunayted"ning Karringtondagi qarorgohida tayyorgarlik ko‘radi.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra uelsliklar ustozi Rayan Giggz MYu rahbariyati bilan juda yaqin aloqalarda ekanidan foydalanib bunga ruhsat olgan. Qayd etish lozimki, Giggz 1991-2014 yillarda “qizil iblislar” sharafini himoya qilgan va jami 963ta o‘yinda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Uelsning Trinidad va Tobagoga qarshi o‘yini 20 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!