
UEFA prezidenti ham FIFAga qarshi bormoqda
UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin FIFAning jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o‘tkazish g‘oyasi haqida fikr bildirdi.
“Jahon chempionati qiziqarli bo‘lishi uchun har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilishi kerak.
Qolaversa, har ikki yilda bir marta o‘tkazilsa, ayollar futboli, boshqa sport turlari, Olimpiya o‘yinlari va hokazolarni yo‘q qiladi. Bu shunchaki yomon fikr.
Jahon chempionati eng yirik futbol tadbiridir va har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilishi kerak. Dunyo bo‘ylab muxlislarning qariyb 75 foizi uni har ikki yilda bir marta o‘tkazish g‘oyasini rad etishi aniq", - dedi Cheferin.
Fikrlar