
UEFA mehmondagi gol reglamentini bekor qilmoqchi
Bir qator Evropa nashrlari UEFA kelgusi mavsumdan e’tiboran, klublar o‘rtasidagi musobaqalarda mehmondagi gol faktorini olib tashlamoqchiligi haqida yozmoqda.
Manbalarning axborot berishicha, endi jamoalar urgan gollar soni teng kelib qolgan har qanday vaziyatda qo‘shimcha-bo‘limlarga murojaat etiladi. Ya’ni ekstra-taymlarga murojaat etilishi uchun har ikkala o‘yin asosiy vaqtida bir xil natija qayd etilishi shart emas.
Evropaning juda ko‘plab top-klublari bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu jihatdan, tez orada o‘tgan asrning 60-yillaridan buyon amal qilib kelayotgan tizim bekor qilinishi mumkin.
UEFA ushbu haftaning juma kunida yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirgan. Unda oldindagi yillarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan klublar miqyosidagi musobaqalar muhokama etiladi. Aynan shu yig‘ilishda ushbu masala ham o‘rtaga tashlanishi mumkin.
Fikrlar