
Uaylder 100 mln dollarlik taklifni rad etmoqda
Super og‘ir vazn toifasining WBC chempionlik kamari sohibi amerikalik Deontey Uaylder DAZN striming tizimining 100 million dollarlik taklifini rad qilmoqda, deya xabar beradi BoxingNews24 nashri. Bu shartnomaga ko‘ra, bokschi 3 ta jang o‘tkazishi kerak ei.
Taklifning rad etilayotganiga nima sabab bo‘layotgani aniq oshkor qilinmayotir. Manbaning yozishicha, boks va uning jamoasi rejalashtirilgan uchta jangning ikkitasi Entoni Joshuaga qarshi bo‘lishini hisobga olib, ko‘proq pul olishni maqsad qilgan. Britaniyalik bokschi ayni damda IBF, WBA va WBO chempionlik kamarlari sohibi hisoblanadi. Uaylder fikricha, bunday imkoniyatdan ko‘proq ishlab olish mumkin.
Fikrlar