
U "Yuventus" sardori bo‘lmoqchi
"Yuventus" yaqin kunlar ichida hujumchi Paulo Dibalaning agenti bilan muzokara o‘tkazadi. Tomonlar kelgusi hamkorlikning tafsilotlarini muhokama qiladi va yangi shartnoma imzolaydi, deya yozmoqda jurnalist Nikolo Skira.
Manbaning xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi turinliklarni tark etmoqchi emas. Qolaversa, Paulo kelajakda "Yuve" sardori bo‘lmoqchi.
"Yuventus" Dibalaga 10 million evro maosh va 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor.
2020/21 yilgi mavsumda hujumchi 20ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan hamda 3ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar