U o‘zga sayyoradanmi?!

  • 12 mart, 2021, 07:55
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi kunlarda norvegiyalik hujumchi gollarni qalashtirib tashlamoqda. Dortmund klubidagi yorqin o‘yinlari sababli, ko‘plab grandlar unga ko‘z tikib turibdi. EChLni Ronaldu va Messi tark etgach, barcha muxlislar e’tibor markazida yangi qahramonlar paydo bo‘la boshladi. Ular orasida Erling o‘z rekordlari bilan ajralib turibdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Sezganingizdek, bugun bo‘lajak super yulduz haqida so‘z boradi.

Tecno

14 o‘yin 20 gol!

greogkerokgerkg

Erling katta futbolga juda katta tezlikda kirib keldi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Evropa chempionlar ligasi musobaqasida 20 bor gol nishonlashga ulgurdi. U to‘purarlar ro‘yxatida Romelu Lukaku, Falkao, Franchesko Totti, Ronaldo, Adriano singari o‘tmish yulduzlarini quvib o‘tdi. Vaholanki, o‘yinlar soni bo‘yicha Xoland ulardan ancha orqada.

Quvonarlisi shundaki, bu gollarning yarmi grandlar darvozasiga kiritilgan. «Liverpul», «Napoli», PSJ, «Latsio» singari klublar norvegiyalik bolakaydan zarar ko‘rdi. Erling sermahsullik bobida Ronaldu va Messidan ancha katta tezlikda oldinga siljimoqda. Leo 20 ta gol kiritish uchun 40 bor maydonga tushgan bo‘lsa, Ronaldu 56 uchrashuvdan so‘ng, 20-golini darvozaga yo‘llagan. Xarri Keyn 24, Robert Levandovski esa 36 o‘yinda 20-golini nishonlagan.

Hozirda Erling 20 yoshda. U 20 ta gol kiritishga ulgurgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bunga qadar ushbu ro‘yxatda Keyn, Messi va Mbappe etakchilik qilayotgan edi.

Umumiy natija ham ajoyib!

hrtlhrtlph

Qahramonimiz professional faoliyatidagi 102-golini «Sevilya» darvozasiga joyladi. Buning uchun unga 146 o‘yin kifoya qildi. Solishtirsak, Xoland qolganlardan ancha ilgarilab ketganini darrov anglaymiz. Misol uchun: Leo Messi – 210 o‘yin, Zlatan Ibrahimovich – 245 o‘yin, Ronaldu – 310 o‘yin.

Joriy mavsumda Erling rekordlarni yangilashga «eng shimarib» kirishgan. 29 o‘yin 31 gol! Afsuski, Dortmund klubining mudofaasi hujum singari foydali emas. Shu bois, ulkan sovrinlardan umid qilishning imkoni yo‘q. Vaholanki, Bundesliga vakillari bilan o‘yinlarda Xoland yo‘qolib qolgani yo‘q. Uning hisobida «RB Leytsig» va «Bavariya» darvozasiga kiritilgan 4 gol mavjud. Ba’zi insonlar Erling Ronaldu va Messidan ancha erta maydonda ko‘rinish berdi, deb hisoblashi mumkin, biroq undan ham yoshroq debyut qilgan Maykl Ouen, Serxio Aguero, Ueyn Runi, Romelu Lukaku bu darajaga etisha olmagan.

Charm to‘p tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar qatorida Erlingni ko‘rmasligimiz mumkin, biroq bunga o‘ziga xos sabablar mavjud. «Santos» safida gollarni qalashtirib tashlagan Pele yoki «Real» safida yarim professional raqiblarini dodini bergan Ferents Pushkash kiritgan gollar bunga yo‘l qo‘ymaydi. Erling esa, barcha futbol o‘ynashni o‘rgangan zamonda shunday sermahsullik ko‘rsatmoqda. Bu tahsinga sazovor.

Erling kerakmi? Unda 150 million to‘lang!

lrhtlphlrthrt

Italiyalik pul undirish dahosi Mino Rayola allaqachon ishni pishitib bo‘lgan. U futbolchining shartnomasida «Borussiya Dortmund» va boshqalarning keyingi transferdan qancha ishlab olishi kerakligini belgilab ham qo‘ygan.

110 million dortmundliklarga qoladi. Qolgan 40 millioni u va futbolchining dadasi bo‘lishib oladi. Ushbu kombinatsiya tez orada amalga oshishi mumkin. Sababi, Xoland har jabhada o‘sib kelmoqda. U yangi asr hujumchisi. Shu bois, oldingi chiziqda istalgan pozitsiyada ko‘rinish berishi mumkin. Eng muhimi, jamoaviy o‘yindan tushib qolmaydi. Levandovski singari 14-hududida to‘pni kutib o‘tirmaydi. Vaziyatga moslashishga o‘rgangan.

U murabbiy yoki o‘yin uslubini tanlab o‘tirmaydi. Shunday ekan, Erling uchun 150 million evrodan kam taklif etib bo‘lmaydi. Boz ustiga, shaxsiy shartnoma borasida u Mbappe, Messi, Ronaldu, Levandovskidan ancha kamtarroq.

Hozirdanoq muxlislar Erlingni turli ligalarda tasavvur qilishni boshlab yubordi. Kimdir baland bo‘yli yigitni APLda sinab ko‘rish haqida fikr bildirsa, yana kimdir uni Benzemaning izdoshi, deb atamoqda. Nima bo‘lgan taqdirda ham Erlingning transferi katta shov-shuvga sabab bo‘ladi.

Rekordlar yangilanadimi?!

krgoekrogkerg

O‘tgan mavsumda Erling 44 bor raqib darvozalarini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. 19 yoshli futbolchi uchun fantastik ko‘rsatkich! Hozirda uning gollari soni o‘ttiz bitta. Yana 14 gol va shaxsiy rekord yangilanmoqda!

Xoland qizlar va bolalar birga to‘p surishi uchun mo‘ljallangan sport maktabida ta’lim olganiga qaramay, sifatli futbolchiga aylan oldi.Uning katta futbolga kirib kelishi, ko‘plab grandlarning akademiyasidagi ishlarni yaxshilash kerakligidan dalolat bermoqda.

Xoland o‘z gollari bilan «Borussiya» jamoasidan uzoqlashib bormoqda. Sababi, har bir gol uning yanada kuchli jamoaga haqli ekanligini bildiradi. Agar Bundesligada Dortmund klubi EChL yo‘llanmasini qo‘ldan chiqarib yuborsa, Erlingni ushlab qolish imkonsiz. U jismonan baquvvat, taktik o‘quvga ega forvard. Qahramonimiz o‘zining har bir mavsumidan to‘g‘ri foydalanish va tezroq futbol taxtiga o‘tirishni rejalashtirgan. Buning uchun unga atigi 3 omil zarur. To‘g‘ri tanlangan yangi jamoa, uni tushuna oladigan murabbiy va jarohatlardan ehtiyot bo‘lish. Agar shu uchlikni bir erga jamlasa, Xoland kelajakda Messi va Ronalduning o‘rniga o‘tirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!