
U "Barselona"da qolmoqchi, ammo...
"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto kataloniyaliklar safida qolmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi "ko‘k-anor ranglilar" bilan yangi uzoq yillik shartnoma imzolash niyatida. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2022 yilning yoziga qadar imzolangan. “Barsa” rahbariyati ushbu shartnomani faqatgina 1 yilga uzaytirishni taklif qilmoqda.
Roberto "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum jami 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
“Barselona” La Liga musobaqa jadvalida 71 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Ammo Ronald Kuman shogirdlari 1- va 2-o‘rinda borayotgan “Atletiko” hamda “Real”dan 1 ta o‘yin kam o‘tkazgan.
Fikrlar