
U-23 Osiyo chempionati saralash bahslariga akkreditatsiya jarayoni boshlandi
Shu munosabat bilan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur musobaqaga akkreditatsiya jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi. U-23 Osiyo chempionati saralash bahslarini yoritib borish istagidagi OAV vakillari 20 mart sanasiga qadar info@ufa.uz elektron pochtasiga xodimlari ro‘yxatini yuborishlari talab etiladi.
Ta’kidlab o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi mazkur musobaqa doirasida Tojikiston hamda Hindiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. O‘yinlar “Paxtakor” stadionida tashkil etiladi.
Fikrlar