
U-21 Birinchiligi. Timur Kapadze shogirdlari "Surxon" darvozasiga javobsiz 9 ta to‘p kiritdi
Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Lokomotiv" o‘z uyida "Surxon" jamoasini qabul qildi. Poytaxtimizdagi TTYMI stadionida kechgan uchrashuvda Timur Kapadze boshqaruvidagi yosh "temiryo‘lchilar" mehmonlar darvozasiga javobsiz 9 ta to‘p kiritishdi.
"Qo‘qon-1912" va "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik ham gollarga boy bo‘ldi va yakunda qo‘qonliklar 5:3 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Muhammad Odilovning 3 ta to‘pi esa "Qizilqum" yoshlariga "So‘g‘diyona" ustidan yirik g‘alabani taqdim etdi.
Fikrlar