U-17 JCh. Portugaliya Shveytsariyani, Avstriya esa Yaponiyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

  • 21 noyabr, 21:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan Jahon chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan navbatdagi 2 to‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Avstriya bu bosqichda Yaponiya bilan kuch sinashib, minimal 1:0 hisobida zafar quchdi va yarim finalga yo‘l oldi. Uchrashuvdagi yagona golni 49-daqiqada Yoxannes Mozer tomonidan kiritildi. 
 
Portugaliya terma jamoasi esa Shveytsariyani ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib (2:0), keyingi bosqichga yo‘l oldi. To‘qnashuvning 41-daqiqasida Mateush Mide hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 51-daqiqada esa Joze Pedru Formozu Netu oradagi farqni 2 taga etkazib olib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Tecno

  • World - U17 Jahon chempionati
  • Chorak final

Austria U17

  • Johannes Moser 49'
Tugadi
1 : 0

21.11.2025 17:30

Japan U17

  • World - U17 Jahon chempionati
  • Chorak final

Portugal U17

  • Mateus Mide 41'
  • José Neto 53'
Tugadi
2 : 0

21.11.2025 19:45

Switzerland U17

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!