"Turon" U-21 safiga kamerunlik o‘yinchi transfer qilindi

  • 18 fevral, 2023, 22:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Barchangizga ma’lum, yangi 2023 yilgi mavsumda "Turon" yana Coca-Cola Superligada ishtirok etadi. Tarkibni yanada kuchaytirish, yoshlar jamoasi tarkibiga muntazam iqtidorli futbolchilarni jalb etish maqsadida U-21 safiga legioner futbolchi chaqirildi.

Tecno

Xususan, 19 yoshli Kamerun davlati fuqarosi, yosh hujumkor futbolchi Abega Enyang (Abega Enyang) endilikda Rustam A’zamov bosh murabbiyligidagi “Turon” U-21 safida harakat qiladi.

turon legioner

Ma’lumot uchun, Abega Enyang Kamerun davlatining nomdor "Destino Restoration” akademiyasidan yoshlarimiz safiga jalb etildi. Yosh futbolchi Kamerun U-20 terma jamoasiga nomzod hisoblanadi.

“Turon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Firdavs Suyunov
18/02/2023 22:49
omad