
"Turon" safarda g‘alabani boy berdi. Ammo...
Pro liga 9-turdan o‘rin olgan kunning oxirgi o‘yini yakunlandi. Xorazmda "Turon" mehmon bo‘ldi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvda durang qayd etildi - 1:1. Avvaliga yaypanliklardan Siyovush Habibulloev hisobni ochgan edi. Keyin esa mezbonlardan Azizbek Pirmuhammadov muvozanatni tiklab, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
"Turon" g‘alabani qo‘ldan chiqargan bo‘lsa ham peshqadamlikni saqlab qoldi.
Pro liga, 9-tur
Xorazm - Turon 1:1
Gollar: Azizbek Pirmuhammadov 75 - Siyovush Habibulloev 7
Fikrlar