Turning markaziy uchrashuvida "Nasaf" va "Bunyodkor" bir ochkodan bo‘lishdi

  • 4 oktabr, 21:04
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan yana bir bahs yakunlandi. "Bunyodkor" o‘z uyida turnir peshqadami "Nasaf"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Tecno

Dastlab, 14-daqiqada "qaldirg‘ochlar" futbolchisi Imeda Ashortia hisobni ochdi. 21-daqiqada esa Alibek Davranov mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga 4 daqiqa qolganda Amir To‘raqulov super gol urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

"Ajdarlar" hujumchisi Husayn Norchaev 58-daqiqada boshi bilan gol kiritib, "Nasaf"ni maglubiyatdan qutqardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!