Turkiyalik futbol tahlilchisi: "Shomurodovning "Bashakshehir"ga o‘tishi mavsumning eng muhim transferlaridan biri"
Turkiyaning BeIN SPORTS kanalida efirga uzatilgan "10 Numara" ko‘rsatuvida futbol tahlilchisi Ugur Meleke Eldor Shomurodovning "Bashakshehir" klubiga o‘tishi mavsumning eng yaxshi transferlaridan biri ekanini ma’lum qildi.
"Eldor Shomurodov ham tabriklanishi lozim. U mavsumning eng a’lo individual o‘yinlaridan birini "Kasimpasha"ga namoyish etdi. Ehtimol, “Bashakshexir” uni to‘liq sotib olishini ham kuzatamiz. Shomurodovning bu jamoaga o‘tishi mavsumning eng yorqin transferlaridan biri bo‘ldi. Klubni tabriklayman, shuningdek yosh murabbiy Nuri Shahinni alohida tabriklamoqchiman."
U o‘yin tugagach Shomurodovga munosib e’tirof ko‘rsatdi: “Biz yaxshi o‘ynay olmadik, o‘yinimiz past edi, ammo baxtimizga Eldor kabi futbolchimiz bor. U katta futbolchi. Rostini aytsam, bugun bizni yolqasida ko‘tardi."
“Bilsangiz, har bir murabbiy bunday ochiq-oydin tan ololmaydi”, - dedi Meleke.



Fikrlar