Turkiya chempionati. "Sivasspor" safarda durang o‘ynadi. Turg‘unboev 90 daqiqada maydonda harakatlandi
Turkiya chempionati 26-turidan o‘rin olgan "Kasimpasha" - "Sivasspor" uchrashuvi 0:0 hisobida tugadi.
Ushbu bahsda Azizbek Turg‘unboev 90 daqiqa maydonda harakatlanib, zaxiraga olindi. Futbolchi 2 marta muvaffaqiyatli dribling ishlatdi. Shu bilan birga, sheriklariga 23 ta pas bergan bo‘lsa, shulardan 15 tasi aniq etib bordi.
Bir ochkoni qo‘lga kiritgan "Sivasspor" 6-o‘ringa chiqib oldi.
"Kasimpasha" 0:0 "Sivasspor"



Fikrlar