
Turki Al ash-Shayx: "Aleksandr Usikka to‘rt raundlik ustunlik bergan bo‘lardim"
Turki Al ash-Shayx ijtimoiy tarmoqlarda Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan boks janglari natijasiga izoh berdi.
“Usik-Fyuri jangida Ukraina vakiliga to‘rt raundlik ustunlik berardim. Bu Tayson yomon kurashdi, degani emas. U borini berdi, biroq to‘g‘risini aytaylik, Aleksandr bugungi kundagi eng zo‘r bokschilardan biri va buni yirik nomlar bilan jang qilib isbotlayapti" - deb yozdi ash-Shayx.
Eslatib o‘tamiz. Aleksandr Usik revanshda ham Tayson Fyurini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra maag‘lub etdi.
Fikrlar