Tugamaydi bu tashvishlar, kunigadir yangicha "ishlar!"

  • 31 dekabr, 2023, 00:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLda 20-tur startida bo‘lib o‘tgan o‘yinlarni mavsumga qiyoslasak: 

Dastlab "Chelsi" "Luton" bilan o‘ynadi. 3:0 hisobi bir qarasak 3:2 bo‘lib qoldi. Bu mavsumdagi "Chelsi" ham shunday: Bir qarasa, jamoada hammasi yaxshidek, bir qarasa aksi. Ular 2023 yilni mana shunday beqaror o‘tkazdi. Gohida "aristokratlar" o‘ta hujumkor va chiroyli futbol namoyish etib, ajoyib g‘alabalarni qo‘lga kiritdi, ba’zan esa ular tomonidan mag‘lubiyatlar va muvaffaqiyatsizliklar seriyasini ko‘rdik.

Tecno

"Siti" 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gvardiola shogirdlari butun yil xuddi shu zaylda o‘ynadi. Ayrim pallalarda APLda biroz qoqilishlarni inobatga olmasa, umumiy kartina o‘zgarmas. Bu jamoa 2023 yilda dunyoning eng zo‘ri bo‘ldi.

"Aston Villa" ishtirokidagi o‘yinni ham ko‘rdingiz. Jamoa 2:0 hisobida yutayotgandi. Biroq bellashuv so‘nggida hisob 2:2 ko‘rinishiga kelib qoldi. Unai Emeri shogirdlari esa uchinchi golni urishga o‘zida kuch topdi. Ha, rostdan ham bu klub butun yil davomida qaerdandir kuch topib keldi. Katta klublarga qarshi o‘yinlarda turib bera oldi va mana 2023 yilni hamda mavsumning yarmini kuchli to‘rtlikda yakunlayapti.

O‘ynab bo‘lganlardan navbat MYuga keldi. Jamoa "Nottingem"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Naqadar mantiqan, degan bo‘lardim-u, ammo "qizil iblislar" 2023 yilni boshlab to yozga qadar ishonchli harakat qilgandi. APLda kuchli to‘rtlikka kirdi va Angliya liga kubogida zafar quchdi. Yangi mavsumda esa holat ko‘rib turganingizday. Ten Xag ishlab turgan mexanizmga o‘zgartirish kiritaman deb uni buzib qo‘ydimi? Yoki yarim yillik yaxshi natijalar shunchaki eyforiyamidi? Xullas, butun yil uchun emasku, ammo 2023/24 yilgi mavsumdagi MYuning holatidan kelib chiqsak, bu natija yarim yillik harakatlarning mantiqiy yakuni bo‘ldi.  

Balki yana bir mantiqiy yakunlikka yaqin kelayotgandirmiz. Boshqacha bo‘lishi mumkinmikan? Ayb kimda bo‘lmasin, o‘zgarish qilish kerakdir, balki.

Bemorga shifokor to‘g‘ri tashxis qo‘ymoqda deylik. Ammo bemor nega tuzalmayapti? Balki, shifokor yoqmayotgandir? Injiq bemorga yangi shifokor topish kerakmikan, deb qolaman. 



                                                                                                Xudayqulov Karim maqolasi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!