
TsSKAga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi
FIFA TsSKAdan transferlarga qo‘yilgan taqiqini olib tashladi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
FIFA Chidera Ejukening transferi bo‘yicha klubning "Xerenven"dan qarzdorligi sababli TsSKAga taqiq qo‘ygan edi. Avvalroq, Moskva klubi mazkur transfer uchun so‘nggi to‘lovni amalga oshirdi.
Shu tariqa, "armiyachilar" Niderlandiya klubi oldidagi qarzlarini to‘ladi. Buning natijasida esa jamoadan taqiq olib tashlandi.
TASS xabariga ko‘ra, Niderlandiya klubi TsSKAdan transferlar uchun taqiqni olib tashlash uchun FIFAga murojaat qilgan.
Fikrlar