TsSKA ustozi va “Dinamo” murabbiyi Fayzullaevning o‘yinini qanday baholadi?

  • 13 mart, 06:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya kubogining yarim final bosqichida Moskva shahrining ikki kuchli klubi – TsSKA va “Dinamo” o‘zaroq to‘qnash keldi.

“Armiyachilar” mezbonlik qilgan birinchi uchrashuv keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Uchrashuvda hisob 50-daqiqada ochildi. Seku Koyta jamoadoshi Abbosbek Fayzullaev uyushtirgan hujumni supergol bilan yakunladi.

“Dinamochilar”ning javobi tezkor bo‘ldi. Sakkiz daqiqadan keyin Dmitriy Skopintsev kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi.

63-daqiqada mezbonlar Matvey Kislyakning bosh bilan bergan zarbasidan keyin yana hisobda oldinga chiqib oldi va g‘alabani ushlab qoldi.

Bellashuvdan keyin har ikki jamoa bosh murabbiylari uchrashuv haqida fikr bildirib, o‘yin qahramonlaridan bo‘lgan Abbosbek Fayzullaevning o‘yinini ham e’tirof etdi.

Martsel Lichka, “Dinamo Moskva” bosh murrabbiyi:

Agar raqib bizga nisbatan bitta ko‘p gol urgan bo‘lsa, demak u g‘alabaga munosib. Maydon markazida raqib tarkibida Abbosbek Fayzullaev, Miralem Pyanich, Matvey Kislyak, Ivan Oblyakov o‘ynasa, ularga qarshi turgan har qanday jamoaga qiyin bo‘ladi.  

Biz xarakter va jamoamiz ruhini ko‘rsata oldik. Agar oldingi chiziqda dadilroq harakat qilganimizda ikkinchi to‘pni ham kiritgan bo‘lardik. Javob o‘yini bizning maydonda bo‘ladi. Hozir keyingi bosqichga chiqish imkoniyati TsSKAda 51, bizda esa, 49 foizni tashkil qilyapti.

Marko Nikolich, TsSKA bosh murabbiyi:

Har bir uchrashuvga final kabi munosabatda bo‘lamiz. G‘alabalar seriyasi bilan jamoalar kuchayadi, chempionlar shunday o‘ynaydi. Shundan kelib chiqib, maqsadimiz faqat g‘alaba.

Avval ham aytganimdek, bizda muqim 11 nafar futbolchidan iborat boshlang‘ich tarkib yo‘q. Bu mening istagim, raqobat uchun shunday qilingan. Bizda bir biriga teng 20 nafarga yaqin futbolchi bor. Men jamoam va raqib o‘yinini tahlil qilib, o‘yinchilarning jismoniy holatidan kelib chiqib, qaror qabul qilaman.

Yangi “romb” o‘yin uslubida Abbosbek Fayzullaevga qiyin bo‘lyapti, deyishyapti. Men buni boshqacha ko‘raman. Fayzullaev deyarli hujumchi vazifasida o‘ynagan va uchta gol urgan. Sabr qilsak, u yangi pozitsiyada yanada ko‘p gol ura oladi va assistlari soni ham ortadi.

Jamoam o‘yinni ko‘proq nazorat qilishini, maydon markazida tempni ushlab turishini xohlayman. Shu taqlid o‘ynashda davom etish va borgan sari kuchayib borishimiz lozim.

Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullaev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida 26 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi.

Rossiya kubogi yarim final doirasidagi javob o‘yini 16 aprel kuni “Dinamo” jamoasi mezbonligida o‘tkaziladi. “Armiyachilar” keyingi bosqichga chiqishi uchun bo‘lajak bellashuvda durang natija ham kifoya qiladi.

Fayzullaev: Ortga qaytyapman!

Eldorning rafiqasi kim? Evropada Shomurodovning oilasiga qiziqa boshlashdi!

Shomurodov Raneridan muhim xabar kutyapti!

Shomurodov aybini yuvishga tayyor!

Gvardiola Husanovdan nimalar kutyapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!