
TsSKA sobiq futbolchisi Fayzullaev haqida: "Xorij klublari yomon futbolchi ortidan quvmaydi"
Moskvaning TsSKA klubi sobiq futbolchisi Aleksandr Grishin Abbosbek Fayzullaevning klubni tark etishi mumkinligi haqida gapirdi. Avvalroq, Fayzullaev faoliyatini Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubida davom ettirishi haqida xabar berilgandi.
"Endi nima qilishni faqat TsSKA va Fayzullaev hal qilishi kerak - biz barcha nozik jihatlarni bilmaymiz. Abbos - yaxshi futbolchi, bunga hech kim e’tiroz bildirmaydi. O‘tgan yili u ajoyib mavsumni namoyish etdi. O‘tgan mavsumda esa u ko‘proq zaxirada qoldi, bunga sabab jamoa sxemasi o‘zgardi. Ammo yomon futbolchilar ortidan xorij klublari quvmaydi. TsSKA uchun bu super, klub Abbos transferidan ko‘p pul ishlaydi", - dedi Grishin "Chempionat" muxbiri Vladislav Kruglov bilan suhbatda.
Fikrlar