TsSKA futbolchisiga Turkiyadan chaqiruv bo‘lyapti
TsSKA hujumchisi Fyodor Chalov qishki transfer oynasida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin.
"Takagazete" nashrining xabar berishicha, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga Turkiyaning "Trabzonspor" klubi qiziqish bildirmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, jamoa ustozi Abdulla Avjining shaxsan o‘zi Chalovni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Manbaning xabariga ko‘ra, turk klubi TsSKA bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Joriy mavsumda Chalov barcha turnirlarni hisobga olgan holda 26 ta o‘yinda qatnashib, 11 bor raqiblar darvozasiga zarba berdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Chalovning "armiyachilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning dekabrigacha amal qiladi.



Fikrlar