
"Tsaghkadzor Open": O‘zbekistonlik shaxmatchilar muvaffaqiyatli ishtirok etgan turnir o‘z nihoyasiga etdi
Armaniston shaxmat akademiyasi xalqaro shaxmat akademiyasi bilan hamkorlikda Erevanda musobaqa o‘tkazmoqda. "Tsaghkadzor Open" xalqaro turniri bugun yakunlandi. E’tiborli tomoni, mazkur musobaqada bir qator vakillarimiz ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi.
"A" va "B" guruhlariga bo‘lingan holda o‘tkazilgan turnirda reyting bali 2000 dan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etgan. Bundan tashqari, 2000 balga ega bo‘lmagan shaxmatchilar qo‘shimcha haq evaziga "A" guruhida qatnashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, har ikki turnir ham FIDE qoidalariga muvofiq, 9 ta turdan iborat bo‘lib, shveytsarcha tizimda o‘tkazildi.
"A" guruhida qatnashgan 14 yoshli shaxmatchimiz Sadullo Azizov 4.5 ochko bilan 41-pog‘onani band etdi.
"B" guruhida ishtirok etgan Rauf Qosimov 7.5 ball to‘plagan holda, jadvalni peshqadam sifatida yakunladi. 7 ochko to‘plagan Aram Kasparov esa 3-pog‘onani band etdi.
Qolgan shaxmatchilarimiz esa quyidagi pog‘onalarni egallagan:
13. Temur Shavkatov - 6.5;
22. Muhammadsolih Rahmatullaev - 6;
28. Asilbek Abdulazizov - 5.5;
93. Bekzod Jumaev - 3.5;
121. Asadbek Abdulazizov - 2.5;
122. Asmina Abdulazizova 2.5.
U-12 yosh toifasi bahslarida qatnashgan Temur Shavkatov barcha raqiblarini ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi. U 9 ta tur davomida 6.5 ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi.
Qayd etish lozim, "B" guruhida ishtirok etgan Asilbek Abdulazizov o‘z guruhida eng ko‘p reyting ochko to‘plagan shaxmatchi bo‘ldi (129.2).
Shunday qilib, o‘zbekistonlik shahmatchilar ishtirok etgan yana bir turnir yuqori notada yakunlandi.
Fikrlar