Trentning ketishi avvalroq aniq bo‘lgan edi

  • 5 may, 17:34
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Trent Aleksander-Arnold "Liverpul"ni tark etishi haqida mart oyida Arna Slotga xabar bergan.

Tecno

"The Athletic" nashrining xabar berishicha, Trent o‘z qarori haqida bosh murabbiyga mart oyidagi terma jamoalar tanaffusi paytida, jarohatidan tiklanayotgan vaqtda aytgan. Shu paytlarda ingliz futbolchisining vakili "Liverpul" sport direktori Richard Xyuzga yozda muddati tugaydigan shartnomani uzaytirishdan voz kechganini rasman ma’lum qilgan.

Slot afsuslanganini bildirgan, biroq Trentning qaroriga hurmat bilan yondashgan: "Siz jamoaning muhim a’zosi hisoblanasiz, keling, mavsumni birgalikda yuqori darajada yakunlaymiz".

Trent, o‘z navbatida, murabbiyga "Liverpul"dan ketishi uning joriy mavsumdagi ruhiyatiga ta’sir qilmasligiga ishonch bildirgan: "Men jamoadagi oxirgi kunimgacha bu klub uchun bor kuchimni sarflashda davom etaman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!