
Transfermarkt Husanovning narxi ko‘tarilishi sabablariga to‘xtaldi
Xabaringiz bor, milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanovning Transfermarkt portalidagi narxi yangilanib, 12 million evrodan 35 million evroga oshdi.
Mashhur Transfermarkt portali uning avvalgi narxiga 23 million evro qo‘shilishining asosiy sababi sifatida bir necha omillarni keltirdi:
"Husanovning bozor qiymati ikki baravardan ko‘proqqa ortdi va bu bir nechta omillar bilan bog‘liq. Asosiy omil – transfer summasining yuqoriligi. "Manchester Siti" Husanovni 40 million evroga sotib olib, yana 10 million evro "Lans"ga bonus sifatida to‘ladi. Abduqodir yangi jamoa va yangi ligada tez va muvaffaqiyatli moslashdi.
APL Liga 1 ga qaraganda murakkab va intensiv chempionat hisoblanadi. Bundan tashqari, jismonan kuchli futbolchilardan biri. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda tezkor markaziy himoyachilarga talab oshdi. Uning yuqori tezligi "Manchester Siti" to‘pni yo‘qotgan taqdirda tezda himoyaga qaytishga imkon beradi" - deya ta’rif berib o‘tildi.
Ma’lumot o‘rnida, Abduqodir hozir kunda O‘zbekiston milliy terma jamoamiz bilan Qirg‘iz Respublikasi (20 mart) va Eronga (25 mart) qarshi uchrashuvlar uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fikrlar