Totti otasi vafot etgan kasallikka chalindi

  • 2 noyabr, 2020, 23:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi va Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Franchesko Totti koronavirusga chalindi. Bu haqda TGCOM24 nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, afsonaviy futbolchi so‘nggi bir necha kun davomida isitmalagan va uning Covid-19 ga topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Aytish kerakki, Tottining otasi ham aynan koronavirusdan vafot etgan edi.

Totti 1992-2017 yillar davomida “Roma” sharafini himoya qilgan. Faoliyatini yakunlagach, 1,5 yil ushbu jamoada direktor lavozimida ishladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!