"Tottenxem"ning 3-hujumchisi ham safdan chiqdi

  • 10 mart, 2020, 09:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi forvardi Stiven Bergveyn jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra 22 yoshli gollandiyalik futbolchi APLning 29-turidan o‘rin olgan “Byornli”ga (1:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan. Hozircha uning qachon safga qaytishi noma’lum.

Qayd etish lozimki ayni damda “shporlar”ning 2 ta asosiy hujumchisi – Son Xin Min va Xarri Keyn jarohatidan davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bergveyn “Tottenxem” safiga joriy qishki transferlar davrida 30 mln evro evaziga PSV klubidan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!