“Tottenxem”da katta tozalash boshlandi

  • 24 dekabr, 2021, 13:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” mutasaddilari qishki transferlar davrida bir necha futbolchilar bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Londonliklarni shug‘ullantirayotgan Antonio Konte bir necha oy davomida o‘z o‘yin uslubiga mos kelmayotgan o‘yinchilarni aniqladi va klub rahbariyatidan ularning javobini berib yuborishni talab qilyapti.

Yanvarda “Tottenxem”ni ikki futbolchi – yarim himoyachi Dele Alli va ximoyachi Mette Doerte tark etadi. Tarkibni tozalash ishlari yozda ham davom ettiraladi.

O‘z vaqtida “Tottenxem”ning asosiy yulduzi bo‘lgan Dele Allining amaldagi shartnomasi yana ikki yarim davom etishi belgilangan. Uning transferi 30 million evroga baholanmoqda.

29 yoshli Doerta ham aslida 2024 yilning yozigacha Londonda qolishi kerak edi. Endi  klub uni 16 million evroga qo‘yib yuborishini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!