
"Tottenxem" va "Milan" belgiyalik to‘purar uchun kurash boshladi
Belgiyaning “Bryugge” klubi hujumchisi Sharl de Ketelare faoliyatini Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridan birida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato tarqatgan xabarga qaraganda, 20 yoshli belgiyalik futbolchiga “Tottenxem” va “Milan” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
De Ketelare joriy mavsum “Bryugge” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 5 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U hozircha Belgiya chempionatida jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
Fikrlar