"Tottenxem" "Shaxtyor" futbolchisini tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 14 avgust, 2021, 10:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Donetskning “Shaxtyor” klubi himoyachisi Dodo faooliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Globo Esporte xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 22 yoshli braziliyalik futbolchiga “Tottenxem” jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Shporlar” Dodo uchun “konchilar”ga 20 million evro to‘lashga tayyor.

Ukrainaliklar esa uni yanada qimmatroqqa sotishni rejalashtirishmoqda.

Dodo “Shaxtyor” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 5 ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 1 ta goliga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!